Tomas Myuller faoliyatini MLS'da davom ettiradi
Foto: Fabrisio Romano / X
Tomas Myuller faoliyatini MLS'da davom ettiradigan boʻldi. Bu haqida taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Insayderning yozishicha, 35 yoshli Tomas MLS vakili “Vankuver Vaytkeps” klubi bilan kelishib olgan. Shu tariqa Germaniya futbolining “tirik afsonasi” 16-yillik faoliyatidan soʻng, “Bavariya”ni tark etadigan boʻldi.
Maʼlumotlarga koʻra, germaniyalik hujumchi “Vankuver Vaytkeps” klubi bilan 2025-yil 1-avgustdan boshlab 2026-yilgi MLS mavsumi oxirigacha shartnoma imzolaydi.
Uning transferi uchun klub 400 ming dollarga teng pul mablagʻi (MLS'dagi ajratiladigan umumiy byudjetdan) va qoʻshimcha bonuslar toʻlaydi. Myuller 2025-yilgi mavsumda maxsus ajratilgan byudjet orqali roʻyxatga olinadi (yaʼni klub uning maoshini cheklovdan tashqariga chiqmasdan moliyalashtiradi), 2026-yildan boshlab esa asosiy yulduz futbolchi (Designated Player) sifatida toʻliq shartnoma bilan harakat qiladi.
Turli manbalar futbolchining yillik maoshini taxminan 960 ming dollarga teng deb yozmoqda.
Maʼlumot uchun, 2009-yildan shu kungacha “Bavariya” sharafini himoya qilgan Myuller klub safida jami 844 oʻyinda maydonga tushgan. U ushbu vaqt ichida 292 ta gol urgan va 281 golli uzatmani amalga oshirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring