Tomas Bax Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidentligiga qayta saylandi
Bugun Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ)ning 137-Sessiyasi oʻz ishini boshladi. Taʼkidlash joiz, 12-martgacha davom etadigan ushbu Sessiyaning asosiy maqsadi XOQ prezidentini saylash edi.
Ahamiyatlisi, ushbu lavozimga 8 yildan beri tashkilotni boshqarib kelayotgan Tomas Baxning oʻzi yagona nomzod boʻlib turgan edi. Tadbir avvalida XOQ rahbari ortda qolgan davr oraligʻida qilingan ishlar, Tokio — 2020 va boshqa Olimpiya oʻyinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik rejalari haqida maʼruza qildi. Onlayn oʻtgan tadbirda XOQ rahbariyati, Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari va tashkilotning barcha vakillari, Xalqaro federatsiya va assotsiatsiyalar rahbarlari, sport jamoatchiligi kuzatib bordi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qoʻmitasi axborot xizmati.
“Ortda qolgan davr ichida biz bir jamoa boʻlib juda katta ishlarni amalga oshirdik. Olimpiya harakati, Olimpiya birdamligi butun dunyoda yana-da ommalashdi. Ayniqsa, Rio-2016 Olimpiya oʻyinlarida qochoq sportchilarning ishtiroki bu sport tarixidagi eng ahamiyatli voqelik boʻldi. Kelajakda bu va boshqa bir qator loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan umidvorman”, – dedi Tomas Bax.
XOQ rahbari maʼruza davomida kelgusi Olimpiya oʻyinlarida musobaqalar byudjetini ixchamlashtirish, Parij-2024 Olimpiadasidan boshlab unda ishtirok etuvchi ayol sportchilar sonini erkaklarniki bilan bir xil darajaga olib chiqish va bu bilan gender tenglikni taʼminlash, Tokio Olimpiadasini xavfsiz tarzda oʻtkazish kabi rejalari haqida aytib oʻtdi. Anjuman davomida XOQ rahbariyatining boshqa vakillari va tashkilot aʼzolari Tomas Baxning maʼruzasi haqida oʻz fikrlarini bildirishdi.
Shundan soʻng XOQ prezidentligi uchun ovoz berish jarayoni boʻlib oʻtdi. Unda Tomas Bax nomzodi maʼqullandi (93 kishi qoʻllab-quvvatladi, 4 kishi betaraf va 1 qarshi ovoz) va XOQning amaldagi rahbari kelgusi 4 yil davomida ham tashkilotni boshqarib boradigan boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring