Tinchlik — bebaho neʼmat
Tinchlikni qadrlash, uni bebaho neʼmat ekanligini his etib yashash, Vatanimizni sevish, unga sadoqatli boʻlish, yosh avlod ongida vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish biz, oʻqituvchilarning asosiy vazifalarimizdan biri. Garchi hozir maktab oʻquvchilari yozgi taʼtilda boʻlsada ular oldidagi masʼuliyatimizni ado etishdan toʻxtaganimiz yoʻq.

Oʻquvchilarning yozgi taʼtilini maroqli tashkil etish maqsadida maktabimizning boshlangʻich sinf oʻquvchilari ishtirokida “Tinchlik — bebaho neʼmat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan boshlangʻich sinf oʻquvchilariga farovon hayotimiz, baxtli bolalik, zamonaviy maktablarda ilm olish, qiziqqan sport turlari bilan shugʻullanish kabi barcha saʼy-harakatlar tinchlik tufayli ekanligini tushuntirib, buni qadrlash lozimligini uqdirdik.

Oʻquvchilar tomonidan yod olingan sheʼrlar, sahna chiqishlari tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishladi. Endigina taʼtilga chiqqan bolajonlar maktabni qoʻmsab qolganligini qayta-qayta taʼkidlashdi. Shu bois endi maktabimizda bunday tadbirlar butun yoz davomida tez-tez tashkil qilishga kelishib oldik.
Oʻlmasxon Qodirova,
Sergeli tumanidagi 269-maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring