Til haqida aforizmlar
Foto: Illustrativ foto
* * *
Bir xalqning xarakterini bilishni istasangiz, avvalo, uning tilini oʻrganing.
Pifagor
* * *
Nima boʻlgan taqdirda ham ona til oʻz onaligicha qoladi. Masalan, agar yurakdan gapirmoqchi boʻlsangiz, xayolingizga fransuz yoki inglizcha soʻz kelmaydi.
Lev Tolstoy
* * *
Tilni xalq yaratadi, filologlar kashf etib tizimga soladi, ijodkorlar esa undan sanʼat yaratishadi.
V. Belinskiy
* * *
Koʻp tilni biluvchi odamning goʻyo bir qulfni ochadigan bir nechta kaliti bor.
Volter
* * *
Til – fikrning libosidir.
S. Jonson
* * *
Til va soʻz bir daraxtning shox va yaprogʻiga oʻxshaydi.
A. Peres
* * *
Tilni himoyalash darkor, chunki, u juda nozik va zaifdir.
Anton Chexov
* * *
Yaxshi ifodalangan fikr turli tillarda bir xil yangraydi.
D. Drayden
* * *
Goʻzal til hatto eng kambagʻal fikrga ham masʼuliyat libosini qiydiradi.
V. Shebel
* * *
Oʻz ona tilini yaxshi bilmagan odamning qachon jim turishini ham bilib boʻlmaydi.
S. Lei
Toʻplovchi va tarjimon: Rahmat Bobojon
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring