Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari toʻgʻrisidagi xabardorlik darajasi oshiriladi

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning ellik birinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Mamlakatimizda farmatsevtika va kimyo sanoatini xalqaro standartlarni inobatga olgan holda rivojlantirish hamda unga ilgʻor ilmiy-texnika yutuqlarini va innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida mazkur Qonun bilan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga dori moddalarini (substansiyalarni) davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibining bekor qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.
Shu bilan birga “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi hamda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga dori vositalarini retsept bilan yoki retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini tasdiqlash vakolatini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklovchi, shuningdek retseptsiz yoki shifokor retsepti boʻyicha beriladigan dori vositalari toʻgʻrisidagi axborotni ularning tibbiyotda qoʻllanilishiga doir yoʻriqnomalarda hamda Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat reyestrida koʻrsatish talabini joriy etuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, import oʻrnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunga yuridik shaxslarga IV roʻyxat doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim prekursorlarni tegishli litsenziyalarga asosan ishlab chiqarish va tayyorlash huquqini beruvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.
Senatorlarning taʼkidlashicha, Qonun aholining va tadbirkorlik subyektlarining tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari toʻgʻrisidagi xabardorlik darajasini oshirishga, shuningdek investorlarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratishga hamda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring