“The Chance Forum” iqtidorli yoshlarga imkon berdi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “The Chance” respublika yoshlar forumi boʻlib oʻtdi. Anjumanda yurtimizning turli oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.


Seminar-treninglar bugungi kunda yoshlar uchun dolzarb boʻlgan sakkiz yoʻnalishni qamrab olgan boʻlib, ular biznes startap, muxtasarlik (minimalizm), axborot texnologiyalari, moddiy va maʼnaviy yuksalish, kitob oʻqish va uqish sanʼati, bestseller kitob yozish, ijtimoiy reklama va professional fotograflik, blogerlik, shaxs kamoloti va uni rivojlantirish kabilardir. Har bir shoʻbada oʻz sohasi boʻyicha maʼlum yutuqlarni qoʻlga kiritgan, barchaga oʻrnak boʻla oladigan ekspertlar mashgʻulotlar oʻtkazdi.


Mazkur forum yoshlarga oʻz iqtidorlarini namoyish etish, oʻzlarining kuchli jihatlarini aniqlash va kamchiliklari ustida ishlash IMKONini berganligi tadbir yakunida taʼkidlab oʻtildi.

Forum soʻnggida barcha ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. Faol qatnashganlar alohida eʼtirof etildi.
Yulduz Oʻrmonova,
“Xalq soʻzi“.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring