Termizga toza ichimlik suvi yetkazildi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Toʻpalang suv ombori suvidan foydalanish hisobiga Surxondaryo viloyati suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi doirasidagi ishlar samarasi oʻlaroq, toza ichimlik suvi Termiz shahriga yetkazildi.
Loyiha doirasida 44,7 kilometr suv tarmogʻi tortilib, hajmi 10 ming kub metr boʻlgan yangi rezervuar barpo etildi. Natijada Termizning 20 ta mahallasida yashovchi 113 ming nafar aholining ichimlik suvi taʼminoti keskin yaxshilandi.
Umumiy jarayonda 245,9 kilometr tarmoq oʻrnatilib, 8 ta suv saqlash hovuzi qurildi. Loyihaning birinchi bosqichida 135 ming, ikkinchi bosqichida esa Oltinsoy va Bandixon tumanlarida 86 mingdan ziyod aholi toza ichimlik suviga ega boʻldi. Qoʻshimcha tarmoqlarning ishga tushirilishi natijasida yana 69 ta mahalladagi 193 ming aholining suv taʼminoti yaxshilandi.
Mazkur mega loyihani toʻliq yakunlash ishlari hozirda jadal surʼatlarda davom etmoqda.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring