Termizda zamonaviy masjid binosi foydalanishga topshirildi
Xabaringiz bor, 2017-yilning 14-fevralida Prezidentimizning “Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.
Ushbu qarorga asosan hozirda Termiz shahrida Imom at-Termiziy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi, 138 oʻrinli mehmonxona, otalar choyxonasi va boshqa bir necha xizmat koʻrsatish inshootlaridan iborat yaxlit majmua bunyod etilmoqda.
Ushbu majmua tarkibiga kiruvchi, 2250 oʻringa ega Hakim Termiziy nomidagi jome masjidining foydalanishga topshirilishi muborak Ramazon kunlarida termizliklar uchun munosib tuhfa boʻldi. Bu esa yurtimizda fuqarolarning eʼtiqod erkinligini taʼminlash, milliy qadriyatlarimizni saqlash va rivojlantirishga doir yuksak eʼtibor namunasidir.
Shuningdek, bu yerda imomlar uchun 5 ta ikki qavatli turar joy binosi qurib bitkazildi.
Ayni paytda viloyatda 108 ta jome masjidi faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning aksariyati zamonaviy loyiha asosida yangidan bunyod etilmoqda.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring