Termizda “Doʻstlik ohanglari”

10:58 30 Iyul 2025 Jamiyat
194 0

Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan Termiz shahrida oʻtkazilgan “Doʻstlik ohanglari” gala-konserti turli millat vakillarini yana bir bor ezgu maqsad atrofida jipslashtirdi.

Tadbirda oʻzbek, tojik, rus, qozoq, turkman, koreys va boshqa millat vakillari oʻz milliy kuy-qoʻshiqlari, raqslari va urf-odatlari orqali Oʻzbekistonda hukm surayotgan bagʻrikenglik va oʻzaro hurmat muhitini tarannum etdi.

Sahnadagi har bir chiqish doʻstlik, tinchlik va hamjihatlik ruhini yuksaltirdi.

— Biz uchun bu festival faqat konsert emas, balki qalbimizni toʻldiruvchi iftixor tuygʻusi, — deydi tadbir ishtirokchisi, tojik millati vakili Farrux Kataboyev. — Men bu yerda oʻz milliy raqslarimizni namoyish etib, turli millatga mansub doʻstlarim bilan birgalikda sahnaga chiqdim. Bu bizning birdamligimizdan dalolat. Zero, Oʻzbekiston — barcha millat va elatlar uchun yagona va mushtarak Vatan!

Xalqlar doʻstligi kuniga bagʻishlangan tadbirlar davom etmoqda.

Farhod ESONOV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?