“Temir xotin”dagi Olimtoy vafot etdi
Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Fargʻona viloyat musiqali drama teatrida Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan “Temir xotin” spektakli oʻz vaqtida teatr ijodiy jamoasining oʻziga xos tashrif qogʻoziga aylangan edi.
Fargʻonada teatr sanʼati muxlislari haligacha “Temir xotin”da bosh rolni oʻynagan Oʻzbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupovga “Qoʻchqor aka”, Оlim rolidagi Gʻulomqodir Sobirovga “Olimtoy” deya murojaat qilishlari bejiz emas.
Ijodiy faoliyati davomida oʻnlab rollarni maromiga yetkazib ijro etgan Gʻulomqodir Sobirov mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi arfasida Prezidentimiz Farmoniga koʻra “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Afsuski, bir umr muxlislari ardogʻida “Olimtoy” boʻlib yashagan taniqli aktyor 1-sentyabr kuni 65 yoshida vafot etdi.
B. MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring