Tegirmonboshida bayram tantanalari

23:17 29 Avgust 2023 Jamiyat
539 0

Foto: Xalq soʻzi

Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” tamoyillari asosida yangicha qiyofa kasb etgan Yozyovon tumanidagi Tegirmonboshi mahallasida tantanali bayram shodiyonalari boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlab oʻtilganidek, oʻtgan qisqa davrda mahallaga 2,5 milliard soʻmdan ortiq respublika va viloyat byudjeti mablagʻlari sarflanib, hudud infratuzilmasi yaxshilandi. Mahalladagi 335 ta xonadonda xatlov ishlari olib borilib, muammolarga yechim belgilandi. Ehtiyojmand oilalarga moddiy va maʼnaviy koʻmak berildi.

— Yangilanish va oʻzgarishlar jarayonida mahalla binosiga qoʻshimcha 3 ta xizmat xonalari quril bitkazildi,—deydi “Tegirmonboshi” MFY raisi Muhammadjon Mamajonov. —Shuningdek, 1,9 kilometr yangi oqava suv tarmogʻi va 2 ming 700 metr ichimlik suvi tarmogʻi tortish, 1 ta oqova suv qudugʻi qurish boʻyicha ishlar olib borildi. Elektr energiyasi taʼminoti yaxshilanib, 4,5 kilometr ichki yoʻllarga asfalt yotqizildi. Piyodalar yoʻlaklari tashkil etildi.

Aholini ish bilan taʼminlash, oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida yangi tikuvchilik sexi ishga tushirildi. Natijada 20 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan taʼminlandi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?