Tarixda ilk bor akademik eshkak eshuvchilarimiz jahon chempionatida sovrindor boʻlishdi
Ayni kunlarda Chexiyaning Rachitsa shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Musobaqada hamyurtlarimiz ilk bor dunyo birinchiligi medaliga sazovor boʻlishdi.Bu haqda MOQ xabar berdi.
2000 metr masofaga kechgan juftlik bahsida Yevgeniy Agafonov va Shahzod Nurmatov juftligi ushbu muvaffaqiyatga erishdi. Saralashda birinchi natija qayd etgan vakillarimiz finalda uchinchi boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtishdi va bronza medali bilan taqdirlandilar.
Akademik eshkak eshish boʻyicha JCH, Chexiya
BLM2, 2000 metr:
1. Fernandez / Livald (Chili) – 6:47:58
2. Fasol / Mantegazza (Italiya) – 6:50.38
3. Agafonov / Nurmatov (Oʻzbekiston) – 6:52.46
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring