Taniqli aktrisa Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi
“Oʻzbekiston xalq artisti” teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Shafoat Rahmatullayeva 1941-yil 4-yanvar kuni Fargʻona viloyatida tugʻilgan. U koʻp yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ham ijro etgan.
Rahmatullayeva oʻzining yorqin va mazmunli rollari orqali tomoshabinlar qalbidan oʻrin olgan. Unga 1992-yilda “Oʻzbekiston xalq artisti” unvoni berilgan.
“Shafoat Rahmatullayeva teatr va kino sanʼatini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi”, deya aktrisaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan Madaniyat vazirligi jamoasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring