Taniqli adib Xurshid Doʻstmuhammad tabarruk yoshda
Foto: Alixan Utarbekov/“Xalq soʻzi”
Taniqli adib Xurshid Doʻstmuhammad tabarruk 70 yoshni qarshiladi.
Yozuvchi zamonaviy oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri sanaladi. Uning “Bozor” romani, “Nigoh”, “Panoh” kabi qissalari, “Jajman” va boshqa hikoyalari adabiy jamoatchilik tomonidan oʻzbek nasrining yutuqlari sifatida yuksak baholangan.
“Jimjitxonaga yoʻl”, “Beozor qushning qargʻishi”, “Jim oʻtirgan odam” hikoyalari adibning keyingi yillar ijodida yangi sahifa ochdi. “Qichqiriq” (2014) toʻplami, “Donishmand Sizif” (2016) romani adabiyotimizda yaratilgan jiddiy, yetuk asarlar sifatida eʼtirof etildi.
Xurshid Doʻstmuhammad Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida ham xalqimizga xizmat qilib kelmoqda.
Serqirra ijodkor nafaqat yozuvchi, balki qalami oʻtkir publitsist, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining doimiy muallifi hamdir. Uning dolzarb mavzulardagi materiallari gazetalarimizda muntazam chop etib kelinadi. Tahririyatimiz jamoasi sevimli adibimizga mustahkam sihat-salomatlik, yangi-yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring