Taʼlimga eʼtibor – xalq ishonchiga munosib javob
Sifatli va barqaror taʼlim — har bir yurtning kelajagini belgilaydigan asosiy poydevor sanaladi. Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasi ustuvor yoʻnalish deb eʼlon qilinib, ushbu sohaga qaratilgan islohotlar, xususan, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, zamonaviy taʼlim modellarini joriy etish, malakali kadrlar tayyorlashga oid farmon va qarorlar – mamlakat taraqqiyoti uchun uzoqni koʻzlagan siyosatning amaliy ifodasidir.

Shu umummilliy maqsadga mos ravishda, Shayxontohur tumanidagi 59-sonli, xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan maktabda amalga oshirilgan ishlar ham taʼlim sohasidagi davlat siyosati samarasini namoyon etadi. Mazkur maktab 1971-yilda qurilgan boʻlib, 2004 va 2012-yillarda qisman taʼmirlangan. Hozirda unda 1800 nafardan ortiq oʻquvchi tahsil olmoqda. Biroq maktab maʼmuriyati 2020-yil noyabr oyida menga murojaat qilib, binolar va sinf xonalar yetarli emasligi, jihozlar eskirgani va taʼlim sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini bildirdi.
Xalq vakili sifatida ushbu masalani shaxsan nazoratga oldim. Avvalo, maktabdagi mavjud sharoitni oʻrgandik, taʼlim sifatiga taʼsir etuvchi omillar tahlil qilindi. Shu asosda Xalq taʼlimi vazirligiga deputatlik soʻrovi bilan chiqdim. Soʻrovda maktabni rekonstruksiya qilish, qoʻshimcha bino qurish va ushbu loyihani 2022–2023-yilgi Davlat dasturiga kiritish taklif qilindi.

Bu ishda masʼuliyat va izchillik muhim boʻldi. Har bir bosqichda tegishli tashkilotlar bilan muloqotlar olib borildi. Saʼy-harakatlar samarasida 2025-yil mart oyiga kelib, davlat dasturi doirasida 59-sonli maktab toʻliq rekonstruksiya qilindi va 420 oʻrinli, toʻrt qavatli zamonaviy yangi bino foydalanishga topshirildi.
Eng quvonarlisi, maktab jamoasi, oʻquvchilar va ularning ota-onalari bu yangilanishni intizorlik bilan kutgan edilar. Ularning minnatdorlik soʻzlari va koʻzlaridagi shodlik — deputat sifatida yuklagan vazifaning amaliy natijasi boʻldi.
Joriy haftada maktabga yana tashrif buyurib, masʼullar bilan taʼmirdan keyingi holatni koʻzdan kechirdik. Bu bilan cheklanib qolmay, maktab hovlisidagi boʻsh yerda yengil konstruksiyali yopiq sport zali qurish boʻyicha reja belgilab olindi.

Prezidentimiz taʼlimni davlat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishi sifatida belgilagan ekanlar, biz, xalq vakillari, ham bu yoʻnalishda amaliy hissa qoʻshishga masʼulmiz. Chunki har bir maktab masalasi – bu bolalarning kelajagi, xalqning ertasi deganidir. Shu bois, biz xalq ishonchiga munosib boʻlish uchun barcha kuch va salohiyatimizni safarbar etamiz.
Otabek JIYANBOYEV,
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring