Tadbirkorning tashvishi “Loyihalar yarmarkasi”da yengillashmoqda
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro tumanidagi “Rabotipoyon” mahalla fuqarolar yigʻini hududida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida oʻz biznesini yoʻlga qoʻyayotgan oilalar soni koʻpaymoqda. Yakka tartibdagi tadbirkor Farogʻat Islomova shulardan biridir.
Oʻtgan yili tuman hokimining mahalladagi yordamchisi koʻmagida 33 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit olib, oʻzining 50 million soʻm sarmoyasini qoʻshgan holda tikuvchilik faoliyatini yoʻlga qoʻygan F. Islomova 15 nafar xotin-qizni ish bilan taʼminladi. Ishning baroridan kelayotganini anglagan tashabbuskor faoliyatini kengaytirib, yana 15 ta ish oʻrni yaratish maqsadini oʻz oldiga qoʻydi. Buning uchun esa unga moliyaviy muassasaning yordami, aniqrogʻi, 300 million soʻm mablagʻ zarur. Markaziy bankning viloyat boshqarmasi hamda Buxoro tumani hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “Loyihalar koʻrgazmasi” tadbirkorning tashvishini yengillashtirishda turtki vazifasini oʻtadi. Ishchi guruhi uning xonadonida boʻlib, faoliyati bilan yaqindan tanishdi va ishbilarmonga kredit mablagʻi ajratish kerakligini bildirdi.
Bevosita yarmarkaga kelsak, unda tadbirkorlarning 70 dan ziyod biznes loyihalari muhokama qilindi. Buning natijasiga koʻra, oʻttizdan ortiq tashabbuskorning loyihasi moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadigan boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring