Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit toʻlovlarining 4 foizi qoplab beriladi
Mamlakatimizda aholi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kilovatti uchun 1 ming soʻmdan toʻlanishi eʼlon qilingan. Ular “Quyoshli xonadon” tizimiga ulanib, tegishli toʻlovlarni olishlari mumkin. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident ushbu dastur qamrovini oshirish va yanada keng joriy qilish boʻyicha yangi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan:
— Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan savdo va servis korxonalariga quyosh panellari uchun kredit toʻlovlarining 4 foizi qoplab beriladi;
— xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million dollar jalb qilinib, soʻmda, maqbul shartlarda aholi va kichik tadbirkorlar uchun “yashil” kredit mahsulotlari yaratiladi. Aholiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun 100 milliard soʻm ajratiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga aholi va tadbirkorlarga berilgan “yashil” kreditlar foizlarining bir qismini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.
Shuningdek, “yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy qilinadi. 1-iyuldan boshlab gidroelektr stansiyalariga “yashil” sertifikat beriladi. Ushbu tizim 1-oktyabrdan boshlab barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring