Suvning tomchisi ham suv
Andijon viloyatida suv tarmoqlaridagi noqonuniy ulanishlar boʻyicha oʻtkazilayotgan tekshiruvlar oʻz samarasini bera boshladi. Qisqa vaqt ichida 90 ta huquqbuzarlik holati qayd etildi. Ulardan 83 tasi oddiy fuqarolar, qolgani esa mansabdor shaxslar hissasiga toʻgʻri keladi. Jarimalar 277 million 280 ming soʻmni tashkil etdi.
Shu bilan birga, “Andijon suv taʼminoti” AJ manfaatlariga yetkazilgan qariyb 38 million soʻmlik moddiy zararni undirish boʻyicha ham ishlar olib borilmoqda.

— Har bir tomchi suvning manbai, harakati va sarfi hisob-kitob bilan yuritilishi shart, — deydi hududiy nazorat inspeksiyasi boshligʻi Dilmurodjon Sultonov. — Bu faqat hisobdorlik emas, balki kelajakda suv tanqisligining oldini olish yoʻlidir. Reydlar davomida ayrim xonadon va korxonalarda suvdan qonuniy foydalanish qoidalari yuzasidan tushuntirish ham olib borilmoqda. Mahallalardagi yigʻilishlarda noqonuniy ulanishning iqtisodiy zarari, resurslar yoʻqotilishi va jarimalar miqdori haqida maʼlumot berilmoqda. Zero, mavjud muammoning yagona yechimi isteʼmolchilarning huquqiy bilimini shakllantirishdan iboratdir.
Afsuski, suv resurslari cheklangan. Xalqaro tahlillarga koʻra 2030-yilga borib suv tanqisligi xavfi Oʻzbekiston uchun ham real muammoga aylanishi mumkin. Bu nafaqat qishloq xoʻjaligi yoki sanoat, balki har bir oila hayotiga taʼsir koʻrsatadi. Shu bois har bir fuqaro suvdan qonuniy va tejamkor foydalanishi zarur.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring