Suvda suzish qoidalarini bilish juda muhim
Yozda kunlar isigan sayin suv havzalarida choʻmilishga boʻlgan ehtiyoj oshadi. Bunday paytlarda yoshlarni, ayniqsa, suzish havzalarida uchratamiz. Ammo choʻmilish borasida doimo choʻkish bilan bogʻliq salbiy holatlarni unutmaslik kerak. Shu sababli yosh bolalar choʻmilishidan oldin plyajni tayyorlash zarur.
Xususan, choʻmilishdan oldin plyaj akvatoriyasi tubini tekshirish, guruh choʻmilishi uchun ajratilgan uchastka chegarasining qirgʻogʻi chetlarini rangli qirgʻoq bayroqchalari yoki yaxlit toʻsiq (fal) bilan belgilash lozim. Choʻmilish uchun ajratilgan uchastka akvatoriyasi chegarasining butun perimetrini ishora qoziqlari, suvda qalqib turuvchi toʻsiqlar bilan belgilash ham samaralidir.
Shuningdek, taxtachalarga qutqaruv vositalarini ilib qoʻyish, bolalarning har bir guruhiga xavfsizlik choralari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish, qutqaruvchi plyaj akvatoriyasi tashqarasiga qayiqda chiqishi va undan 2-3 metr masofada turishi lozim. Choʻmilish paytida har 10 kishi hisobiga bir nafar qutqaruvchi suvda choʻmilayotgan bolalarning yonida turishi kerak.
Bolalar yoki birinchi marotaba suvga tushgan katta yoshdagilarni suzishga oʻrgatish joyi 60-90 santimetrgacha chuqurlikda boʻlishi kerak. Bunday chuqurlikda odam suvdan choʻchimaydi, chunki oyogʻi tayanch nuqtaga ega boʻladi.
Ochiq suv havzalarida suzishga oʻrganishda, albatta, suvning chuqurligi bilan birga, oqim tezligini ham eʼtiborga olish lozim. Iloji boricha, faqat qutqaruv xizmati boʻlgan joylardagina choʻmilishga ruxsat etiladi. Shunda baxtsiz hodisa yuz bersa, yaʼni biror-bir odam choʻksa, qutqaruv xizmati tezda yordamga keladi. Choʻmilish joyini cheklaydigan, koʻpirib oqayotgan suvga shoʻngʻish mumkin emas.
Choʻkayotgan odamni suvdan olib chiqish ham katta mahorat talab etadi. Bunda bir necha qutqarish usullari mavjud. Ulardan biri — choʻkayotgan kishiga orqa tomonidan suzib yaqinlashish, sochi va qoʻltigʻidan ushlab, yuzini tepaga qaratib, qutqaruvchini ushlab olishga yoʻl qoʻymagan holda qirgʻoqqa qarab suzish kerak.
Suvda suzish qoidalarini bilish yoz faslining yanada maroqli va foydali oʻtishini taʼminlaydi.
Ilhom Qoʻziyev,
Toshkent shahar Chilonzor tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi Profilaktika va nazorati boʻlinmasi inspektori, katta leytenant .
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring