Suv xo‘jaligidagi islohotlar uchun kelgusi yetti yilda Navoiyga 2,5 trillion so‘m yo‘naltiriladi — Shavkat Mirziyoyev
“Suv resurslarini tejash, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha katta islohotlarni amalga oshiramiz. Bu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, juda ko‘p mablag‘ kerak, lekin, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bunga barcha kuch va vositalarni safarbar qilamiz.
Suv ta’minoti eng og‘ir bo‘lgan Qiziltepa, Xatirchi va Karmana tumanlarida 8 ming gektar maydonlar yopiq quvurli sug‘orish tizimiga o‘tkaziladi. Bunga 150 milliard so‘m beriladi. Birgina shuning o‘zida, sug‘orishga sarflanadigan 200 million kub metr suvning 40 foizi tejaladi.
Bundan tashqari, Navoiydagi mavjud kanallarning 150 kilometr qismi beton qoplamaga o‘tkaziladi, 125 kilometr drenaj tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi. Bunga 300 milliard so‘m ajratiladi”, — dedi nomzod.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring