Suv — bebaho neʼmat
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Bir paytlar paxta dalalari atrofiga “suv zar — suvchi zargar”, degan mazmundagi shiorlar osib qoʻyilardi. Mustabid tuzum suvdan oqilona foydalanish borasida aslida ushbu shiordan boshqa biror-bir joʻyali tadbir qoʻllamaganligi bugun kunday ravshan. Oqibatda aynan, suv resurslarining pala-partish ishlatilishi tufayli mintaqada butun boshli dengiz yoʻqotildi.
Suvdan zargarona foydalanish joizligi hamon oʻz dolzarbligini yoʻqotgan emas. Misol uchun joriy yilda Navoiy viloyatida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish hajmini ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan. Suvdan foydalanishda esa isrofgarchilikka yoʻl qoʻygan fermer va dehqonlarga nisbatan jazo choralari qoʻllanmoqda.
Xatirchi tumanidagi “Qahramon Madaniyat” kanali 1965-yilda qurilgan, uzunligi 10,4 km suv oʻtkazish quvvati 3 m3/s ni tashkil qiladi. U 15 dona gidrotexnik inshootlar yordamida tumanning 2 ming 915 gektar ekin maydonlarini suv bilan taʼminlaydi.
— Joriy yilda Xatirchi tumanida 75 km uzunlikdagi sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 1,5 km uzunlikdagi sugʻorish tarmoqlari betonlashtirildi, — deydi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbar Bahouddin Gʻiyosiddinov. — Hozirgi kunda “Qahramon Madaniyat” kanalining 1 km qismida betonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Betonlashtirish ishlarining surʼati nega sust degan savol tugʻilishi tabiiy. Gap shundaki, oʻsimliklar vegetatsiya davrida ushbu tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq emas. Ayni kunlarda esa unga ommaviy kirishildi. Betonlashtirishning samarasiga kelsak, mutaxassislarning taʼkidlashicha, 30 foizgacha suvni tejash imkonini berar ekan. Boshqacharoq aytsak, shior osib, yuz marta “shap-shap”, degandan koʻra bitta shaftoli yaxshi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring