Surxondaryoda millat gʻururiga yuksak ehtirom
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Bugun erta tongda Termiz shahridagi “Bolajon bogʻi” hududidan Yoshlar markazi binosigacha boʻlgan hududgacha 30 metrlik bayroqni olib yurish marshi oʻtkazildi.
Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 33 yilligiga bagʻishlangan maʼrifiy tadbirlar, ezgulik aksiyalari, sport musobaqalari, musiqiy bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
Termiz shahridagi “Bolajon bogʻi”da ham erta tongdan musiqa sadolari yangradi. Millatimiz faxri, milliy gʻururimiz timsoli boʻlmish 30 metrlik uzunlikdagi bayroqni olib yurish marshi shu yerdan start oldi. Yoshlar markazigacha boʻlgan masofagacha oʻtkazilgan ushbu yirik tadbirga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik faollari hamroh boʻlishdi. Tadbir viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Milliy gvardiya, Mudofaa boshqarmasi va koʻplab tashkilotlar hamkorligida tashkil etilib, yoshlikka xos joʻshqinlik, zavq, oʻzgacha koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
— Tarixdan maʼlumki, davlat bayrogʻi adolat, buyuk kuch-qudrat ramzi sifatida eʼzozlangan, — deydi 3-umumtaʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi Sarvinoz Erkinova. — Jang-u jadallarda yuksak mardlik va jasorat belgisi sifatida eng kuchli, bahodir, sadoqatli oʻgʻlonlarga hadya etilgan. Ayni paytda biz yoshlar ongida vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirishda bu tadbirlarning oʻrni beqiyos.
Yoshlar markazi binosi oldida tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi voha ahliga bayrogʻimizning 33 yilligi munosabati bilan yoʻllagan bayram tabrigi oʻqib eshittirildi. Harbiy orkestrlar, xushovoz xonandalar tomonidan Vatan madhini tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar hamda koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi” majmuasining konsertlar zalida tantanali bayramga bagʻishlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring