Suriyada bedarak yoʻqolgan amerikalik erkak topildi

Foto: CNN
Shu yil boshida Suriyada amerikalik erkak bedarak yoʻqolgan edi. 29 yoshli Travis Timmerman payshanba kuni Damashq janubidagi koʻchalarda yalangoyoq yurganida mahalliy aholi tomonidan topilgan. Uning soʻzlariga koʻra, u mamlakatga sayohatchi sifatida kelganidan keyin bir necha oy qamoqda saqlangan. U Livandan Suriyaga aylanish uchun chegarani kesib oʻtgan.
Timmermanning otasi “CNN”ga intervyu berar ekan, koʻzyoshlarini tiyib turolmagan. Yetti oydan soʻng u oʻgʻlini shunchaki vafot etganiga ishona boshlagan. “Men oʻgʻlimning uyga qaytishini xohlayman”, — degan otasi.
Isyonchilar mamlakatda uzoq yillik diktator Bashar Asadni hokimiyatdan agʻdarganidan soʻng, shu hafta Suriya boʻylab minglab odamlar qamoqxonalardan ozod qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring