Sunʼiy intellekt sohasida maxsus rejim tashkil etiladi
Hukumat qarori (717-son, 29.11.2021-y.) bilan Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq maxsus rejim IT-parkning alohida boʻgʻini boʻlib, u yerda alohida huquqiy yengilliklar yaratiladi va yuridik shaxslar va ilmiy tashkilotlar tomonidan dasturiy mahsulotlar tajribadan oʻtkaziladi va amaliyotga joriy qilinadi.
Maxsus rejim ishtirokchisi boʻlish uchun talabgorlar IT-parkning maxsus veb-platformasi orqali ariza topshiradi.
Arizalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 5 ish kunida dastlabki texnik ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ekspert kengashi va Muvofiqlashtirish komissiyasi xulosalari asosida vazirlik talabgorlarni ishtirokchi sifatida roʻyxatga olish yoki roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Maxsus rejim ishtirokchilari oʻz xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga sarflangan xarajatlari davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Shuningdek, ishtirokchilarga tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumot hamda hujjatlarni, shaxsga doir egasizlashtirilgan maʼlumotlarni vazirlik, idora va tashkilotlardan olish huquqi beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring