Sud ekspertlari faoliyati baholab boriladi

17:36 15 Dekabr 2022 Jamiyat
467 0

“Sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (705-son, 13.12.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom quyidagilarni belgilaydi:

— sud ekspertlarini reyting tizimida baholash va baholash mezonlari;

— reyting natijalari boʻyicha sud ekspertlarini ragʻbatlantirish, ragʻbatlantirishni kamaytirish yoki bekor qilish yoki intizomiy jazo qoʻllash;

— reyting koʻrsatkichlari yuqori sud ekspertlarining ishini ommalashtirish.

Shuningdek qaror bilan Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatiga oid nizom ham tasdiqlandi.

Davlat sud-ekspertiza muassasalariga ularning byudjetdan tashqari jamgʻarmalaridan 50 foizgacha qismini xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirsh uchun sarflashga ruxsat beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?