“Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platforma”si ishga tushirilmoqda
Foto: Illustrativ foto
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Milliy antidoping agentligi axborot xizmati rahbari Humoyun Omonov “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
2023-yil davomida agentlik tomonidan Butunjahon antidoping agentligining ADEL platformasidan 7 ta oʻquv dastur oʻzbek tiligi tarjima qilindi va ushbu platformaga joylandi.
Bugungi kunga qadar ushbu dasturni yakunlab, sertifikatga ega boʻlgan sportchilar soni 600 nafarga yetdi.
2023-yil 9 oy davomida jami 337 ta doping sinama olindi.
Shu kunga qadar sportchining biologik pasportini aniqlash uchun 13 ta qon tahlili olingan boʻlib, doping sinamalar maxsus laboratoriyalarga tekshirish uchun yuborildi.
Antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti, yaʼni ADAMS tizimiga maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritmagan 33 nafar sportchiga ogohlantirish berildi va 5 ta sportchiga sportdan chetlatish jazo chorasi qoʻllanildi.
Antidoping qoidabuzarligi jazo muddati tugagan 2 nafar sportchi professional sportga qaytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring