Sport tarixida matonatli ayollar timsoli
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Shoira ESHBOYEVA/“Xalq soʻzi”. Yurtimizda har yil 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida “Oʻzbek ayoli — oʻtmish, nafosat va kelajak ramzi” shiori ostida fotokoʻrgazmalar tashkil etilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Bu yilgi IV Respublika anʼanaviy fotokoʻrgazma Toshkent fotosuratlar uyida “Sport tarixida matonatli ayol siymosi” mavzusida tashkil etildi. Unda sport sohasida bir qator yutuqlarga erishgan xotin-qizlar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Fotokoʻrgazmada Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi fondi saqlovi hamda Oʻzbekiston Milliy Axborot agentligi fotomuxbirlari tomonidan olingan sportchi qizlarning 120 dan ortiq tarixiy rasmlari namoyishga qoʻyilgan boʻlib, ularda 1930-yildan boshlab sportchi ayollarning musobaqalardagi ishtiroki, mashgʻulotlar va musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari faoliyati aks ettirilgan.
— Bu yil koʻrgazma uchun sport yoʻnalishining tanlanishi bejiz emas, — dedi koʻrgazma tashkilotchisi Z.Abdullayeva. — Yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda sportning ahamiyati katta. Bu koʻrgazma orqali oʻtmishda oʻzbek ayolining nafaqat uy bekasi, nafosat timsoli, nozik xilqat boʻlish bilan birga sportchi, tengsiz matonat egasi ekani ifodalangan. Ushbu sportchi ayollarimizning faoliyati yoshlarimizga namuna boʻladi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida “Nursamus” kimono ishlab chiqarish korxonasining professional sport kiyimlari namoyishi ham tashkillashtirildi. Korxona rahbari dizayner Z.Toʻlaganova xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimizning liboslari dizayni muallifi hisoblanadi.





































Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring