Soʻnggi uch yilda Jizzaxda yillik aylanmasi 1, 10 va 100 milliard soʻmdan yuqori korxonalar koʻpaygan

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Shu bilan birga, Jizzax viloyatida iqtisodiyotni yangi bosqichga koʻtarish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish uchun mavjud salohiyat toʻliq ishga solinmayapti. Viloyat va tumanlar rahbariyatining bu boradagi faoliyati juda sustligi koʻrsatib oʻtildi.
Soʻnggi uch yilda Jizzaxda yillik aylanmasi 1, 10 va 100 milliard soʻmdan yuqori korxonalar koʻpaygani bilan oʻrta korxonalar sonining oʻsish surʼati kutilganidek boʻlmayapti.
Viloyat ekin yerida yetishtirilayotgan mahsulot boshqa viloyatlarga nisbatan 2 barobar kam.
Hudud sanoatining 80 foizi 3 ta tarmoq – avtomobilsozlik, toʻqimachilik va qurilish materiallari hissasiga toʻgʻri keladi. Farmatsevtika, charm-sanoat, metallurgiya, mebelchilik, elektrotexnika kabi tarmoqlarning ulushi juda kam.
Oʻrganishlar natijasida Jizzaxning 13 ta tumanida iqtisodiy turtki beradigan yangi imkoniyat va zaxiralar aniqlangani taʼkidlandi.
Davlatimiz rahbari ushbu imkoniyatlarni Zarbdor tumani misolida tushuntirib, ularni ishga solish uchun 130 milliard soʻm ajratishga topshiriq berdi.
Masalan, tumanda tadbirkorlar koʻtargan muammolarni hal qilish orqali 5 mingta ish oʻrni yaratish mumkin. “Zarbdor parranda” korxonasining 12 ta mahalladagi 1 mingta xonadonga 1 million bosh joʻja tarqatib, aholini band qilish loyihasi shular jumlasidan.
Zarbdor tumanidagi “DM-1” kanalidan suv ichadigan Istiqbol, Nurafshon, Namuna, Gʻalaba mahallalarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinsa, dehqonlarning 1 ming gektar yerida, shuningdek, tuman yoshlariga boʻlib berilgan 3 ming gektarda qovun yetishtirish va uni qayta ishlash orqali 28 million dollar eksport qilish mumkin.
Zarbdorni 12 ming gektar yerlari “DM-3” kanalidan eng samarali boʻlgan oʻzi oqar yopiq quvur usulida suv olishga moʻljallangan. Lekin uning 160 kilometri yaroqsiz holga kelgan.
Mutasaddilarga kanalni taʼmirlash loyihasini kelgusi yil investitsiya dasturiga kiritish topshirildi.
Shunday sugʻorish tarmogʻini Zomin tumaniga ham tortib borish muhimligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring