Soʻnggi 4 yilda Oʻzbekistonda sanoat korxonalari 2 baravarga ortib, shaharlarda chang-gaz miqdori meʼyordan 4 baravar oshgan

16:28 24 Avgust 2021 Jamiyat
1084 0

Foto: Hasan Paydoyev / “Xalq so‘zi”

Xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

Yigʻilishda davlatimiz rahbari sohadagi muammolarni koʻrsatib oʻtdi.

Bu yoʻnalishga masʼul boʻlgan Ekologiya qoʻmitasi, boshqa idoralar va mahalliy hokimliklarning tashabbus va amaliy ishlari koʻrinmayotgani tanqid qilindi.

Soʻnggi 4 yilda sanoat korxonalari 2 baravarga ortib, shaharlarda chang-gaz miqdori meʼyordan 4 baravar oshgan. Atmosferaga tashlanmalarning 90 foizi Toshkent, Samarqand, Fargʻona, Andijon, Namangan, Qoʻqon, Navoiy, Buxoro, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Guliston va Nukus shaharlariga toʻgʻri keladi.

Shu bilan birga, hududlarda “yashil maydon”lar 3-4 baravarga qisqarib, oʻrtacha 8 foizdan kamayib ketdi.

Yer usti va osti suv sathining keskin pasayishi ham ekologik vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Bundan tashqari, hududlarda maishiy chiqindilarni xususiy sheriklik asosida boshqarish boʻyicha reja qilingan 62 ta loyihadan bor-yoʻgʻi 15 tasiga tadbirkor jalb qilingan. Bu borada Buxoro, Namangan, Fargʻonadan tashqari boshqa birorta hududda ishlar yakuniga yetkazilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?