Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi

18:37 14 Dekabr 2022 Jamiyat
1257 0

Foto: Xalq so‘zi

Soliqlarning davlat byudjetini shakllantirishdagi, iqtisodiyotni tartibga solish va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashdagi oʻrni hamda ahamiyati nechogʻlik muhim ekani barchamizga yaxshi maʼlum.

— Biz toʻlayotgan soliqlar nafaqat mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotini yaxshilashga, balki fuqarolarning buguni va ertangi kuni uchun mustahkam ijtimoiy himoya vazifasini oʻtashga xizmat qilishini hamma ham birdek anglaydi, deyish qiyin, -deydi Asaka tumanidan yakka tadbirkor Orzixon Ahmadaliyeva. — Men yashash xonadonimda tikuvchilik qilib, daromad topaman. Yaqinda yakka tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgach, moliyaviy koʻmakka ham ega boʻldim. Eng muhimi, endi ishimdan koʻnglim toʻq, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash orqali davlat va jamiyat oldidagi farzimni bajaraman. 

Andijon viloyati Asaka tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili doirasida  “tadbirkorbay” tizimi yaratilgani  166 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolarning faoliyati qonuniylashtirilishiga sabab boʻldi. Shuningdek, yilning oʻtgan davrida  503 nafar yuridik shaxslarga zarur koʻmak koʻrsatilib, yangi tashkil etilgan  181 ta tadbirkorlik subyekti muammolari oʻrganildi va masʼul tashkilotlar hamkorligida hal etildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?