Soliq imtiyozlari berilmoqda
2022-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Majlisda taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholi salomatligini taʼminlash, aholi punktlarining sanitariya va ekologik holatini yaxshilash, hududlarni sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari bilan qamrab olish koʻlamini kengaytirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Biroq qurilish, ishlab chiqarish hajmining ortishi va urbanizatsiya koʻlamining kengayishi maishiy va sanoat chiqindilarining yildan-yilga koʻpayib borishiga olib kelmoqda. Shuningdek chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun toʻlov intizomi past darajada ekanligi asosiy faoliyati chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash boʻlgan korxonalar va tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasida qoʻshimcha choralar koʻrishni taqozo etmoqda.
Shu munosabat bilan, mazkur qonun loyihasi bilan chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash faoliyati bilan shugʻillanuvchi ayrim soliq toʻlovchilarga 2026-yil 1-yanvarga qadar ushbu faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻini va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlashi belgilanmoqda.
Qayd etilganidek, qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayorlash mobaynida masʼul qoʻmita tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi, siyosiy partiyalar fraksiyalarning fikrlari, qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolarining takliflari asosida maromiga yetkazildi.
Yigʻilishda deputatlar tomonidan qonun loyihasi chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash boʻlgan korxonalar va tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularda uzoq muddatli investitsiya loyihalari amalga oshirilishini ragʻbatlantirish hamda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarning samarali tashkil etilishini taʼminlashga xizmat qilishi bildirildi.
Savol-javoblardan soʻng, qonun loyihasi fraksiya aʼzolari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Shuningdek, yigʻilishda “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi, “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi va boshqa bir qator qonun loyihalari atroflicha muhokama etildi va fraksiyaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring