“Sogʻlom turmush tarzi” platformasi yaratildi, u tez kunlarda faoliyatini boshlaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 253-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan aholini kunlik yurish va yugurishga targʻib qilish maqsadida “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi yaratildi.
“Sogʻlom turmush tarzi” platformasi Nizomida:
– platformaning mobil ilovasi va veb-portalidan foydalanish tartibi;
– mobil ilova orqali fuqarolarning erishgan natijalariga koʻra ragʻbatlantirish;
– mobil ilova orqali idoralararo baholash reytingini aniqlash hamda uning gʻoliblarini ragʻbatlantirish;
– platformada toʻlovlarni amalga oshirish tartibi belgilangan.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan platforma toʻliq ishga tushirilganidan soʻng doimiy texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash sharti bilan Turizm va sport vazirligiga oʻtkazib beriladi;
«Aloqabank» aksiyadorlik-tijorat banki platforma faoliyatida texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xizmat koʻrsatuvchi bank hisoblanadi;
platforma faoliyati tegishliligiga koʻra Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan nazorat qilib boriladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – platforma doimiy ravishda haqqoniy va faol ishlab turishi, shuningdek uning doimiy texnik qoʻllab-quvvatlanishi;
Moliya vazirligi – fuqarolarning platformadagi elektron hamyoniga oʻtkazilishi bilan bogʻliq toʻlovlarning moliyalashtirilishi;
Turizm va sport vazirligi – platformadan foydalanish shartlarini buzgan fuqarolarning ishtirokiga cheklovlar oʻrnatish, shuningdek ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish, tuzilgan reytinglar shaffofligi va oshkoraligi taʼminlanishi;
Sogʻlikni saqlash vazirligi – platformada foydalanuvchilar uchun taqdim etilayotgan taomlar kilokalloriyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.
“Sogʻlom turmush tarzi” platformasi tez kunlarda oʻz faoliyatini boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring