Sogʻliqni saqlash vazirligi energetik ichimliklarning salbiy taʼsirini eslatdi

23:32 09 Noyabr 2021 Jamiyat
1236 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi aholiga energetik ichimliklarning zarari haqida eslatdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda bu sohada qonunchilik cheklovlari mavjud. Xususan, mamlakatda 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga ichimliklar sotishga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, soat 07:00 dan 22:00 gacha ushbu mahsulotlarni reklama qilish taqiqlangan.

Mutaxassisning fikricha, yuqori konsentratsiyali energetik ichimliklar tarkibida koʻp miqdorda kofein va taurin mavjud. Oʻz navbatida, bir kishi uchun taurinning kunlik isteʼmoli 400 mg ni tashkil qiladi, ammo baʼzi ichimliklar tarkibida bu koʻrsatkich ikki baravar yuqori, bu tanaga salbiy taʼsir qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?