Sogʻliqni saqlash boshqarmalari xalq deputatlari Kengashlariga hisobot beradi

15:33 06 Oktyabr 2023 Hujjatlar
1179 0

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-870, 04.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritildi.

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.

Mazkur hisobotni eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi hamda tegishli qaror qabul qilinib, qaror Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuboriladi.

Bundan tashqari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.

Mazkur hisobotni eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan qaror qabul qilinib, qaror sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuboriladi.

Shuningdek, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, fuqarolar yigʻini, tegishincha aholi biriktirilgan, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining axborotini eshitadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?