Sobiq politsiyachi oʻnlab ayollarni oʻldirib, oʻz hovlisiga koʻmib kelgan

18:31 21 May 2021 Dunyo
1703 0

Salvadorda sobiq politsiyachi oʻnlab ayollarni oʻldirib, ularning jasadlarini oʻz hovlisiga koʻmib kelgani maʼlum boʻldi.

Buyuk Britaniyaning “The Guardian” gazetasining yozishicha, 51 yoshli Ugo Ernesto Osorio Chaves may oyida bir ayol va uning qizini oʻldirishda ayblanib hibsga olingan edi. Oldinroq, u jinsiy zoʻravonlikda ham gumon qilingan.

Osorio Chavesning uyida olib borilgan tintuvlar davomida ayollarning jasadlari koʻmilgan yettita oʻrani topilgan. Ulardan 24 ayolning jasadi olib chiqilgan. Huquq-tartibot idoralari Chavesning qurbonlari jami 40 kishiga yetishi mumkinligi bildirgan.

Prokuratura ushbu ishga aloqasi borligi gumon qilinib yana toʻqqiz kishini hibsga olishga order berdi. Ular orasida sobiq politsiya va armiya zobitlari bor. Tergov maʼlumotlariga koʻra, ular qotilning sheriklari boʻlishi mumkin va unga qurbonlarini jalb qilishda yordam berishgan.

Qotilning uyi yonida oʻnlab odamlar toʻplangan. Ular bedarak yoʻqolganlar yaqinlari Chavesning qurbonlari orasida boʻlishi mumkin, deb oʻylashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?