Shveysariya prezidenti Ukraina boʻyicha tinchlik konferensiyasi oʻtkazilishi haqida maʼlum qildi
Foto: Reuters
Shveysariya prezidenti Viola Amherd mamlakat 2024-yilda Ukraina boʻyicha tinchlik konferensiyasi oʻtkazish niyatida ekanini aytdi. U sammit haqida “Schweiz am Wochenende” gazetasiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Amherdning fikricha, konferensiya imkon qadar tezroq boʻlib oʻtishi kerak. Biroq u Rossiyaning sammitda ishtirok etishiga shubha qilayotganini qoʻshimcha qildi.
“Biz boshqalar bilan hozir aloqa yoʻllarni izlayapmiz”, dedi siyosatchi.
Avvalroq, Shveysariya mamlakatda Ukraina boʻyicha tinchlik muzokaralari oʻtkazilsa, sanksiyalar ostidagi Rossiya fuqarolariga kirishga ruxsat berishi mumkinligi xabar qilingandi. Shveysariyaning Iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat kotibiyati matbuot kotibi Fabian Mayenfish Amherdning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Ukraina boʻyicha tinchlik sammitini tashkil etish haqidagi iltimosi haqidagi bayonotiga shunday izoh berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring