Shumanayda yangi MTT ochildi
Foto: Xalq so‘zi
Orolboʻyi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari tegishli viloyatlarga biriktirilganidan xabaringiz bor.
Jumladan, Xorazm viloyati tomonidan Shumanay tumanida keng qamrovli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi” asosida qator loyihalar roʻyobga chiqarilmoqda.

Kuni kecha tumanning «Birleshik» ovul fuqarolar yigʻinida Xorazm viloyati mahalliy byudjetidan ajratilgan 1,7 milliard soʻm mablagʻ hisobiga zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib foydalanishga topshirildi.
Yangi MTTda bolajonlarning zamon talablari asosida taʼlim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Ovulda mazkur muassasaning ish boshlashi natijasida tumanda bogʻcha yoshidagi bolalarning maktabgacha taʼlimga qamrov darajasi 90 foizga yetdi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev ishtirok etdi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring