Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara oʻtkazdi.
Suhbat avvalida Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari joriy yil 31-mart kuni Xoʻjand shahrida oʻtgan oliy darajadagi uch tomonlama uchrashuvning tarixiy natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Chegara masalalarining toʻliq tartibga solinishi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda yangi sahifa ochishi taʼkidlandi.
Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu oyda boʻlib oʻtadigan Hukumatlararo komissiya yigʻilishida tovar ayirboshlashni koʻpaytirish va kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.
Yetakchilar mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni, shuningdek, ikki va koʻp tomonlama tadbirlarga tayyorgarlikni muhokama qildilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring