Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkorlik qancha tez rivojlansa, mamlakatimiz shuncha qudratli boʻladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
“Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash – bu bizning strategik yoʻlimiz! Tadbirkorlik qancha tez rivojlansa, mamlakatimiz shuncha qudratli boʻladi, xalqimiz shuncha farovon yashaydi.
Dekabr oyidagi “ochiq muloqot”da asosan yirik tadbirkorlar bilan gaplashib, keyingi rejalarni belgilab oldik.
Bugun kichik va oʻrta biznesda tez oʻsayotgan tadbirkorlarga koʻmak berib, ularni ham “chempion”ga aylantirish uchun nima qilish kerak, degan savolga sizlar bilan birgalikda javob topishimiz zarur”, dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida.
Yurtimizda kichik va oʻrta biznes ish oʻrni, investitsiya, innovatsiya, raqobat, qoʻshilgan qiymat va eksportni koʻpaytirishga eng katta turtki berayotgan yoʻnalishga aylandi.
Uchrashuvda taʼkidlanganidek, yaratilgan sharoitlar hisobiga kichik va oʻrta tadbirkorlar soni besh yilda 2 karra koʻpaydi. Ularda 10,5 million odam daromad topib, roʻzgʻor tebratmoqda.
Iqtisodiyotning yarmidan koʻpi, sanoat va eksportning uchdan biri shu soha vakillari hissasiga toʻgʻri kelayapti.
«Bir haqiqatni yaxshi anglab olish kerak. Har qanday muvaffaqiyatli yirik biznesga erishish, eng avvalo, kichik gʻoya va harakatdan boshlanadi.
Oʻzgarishlarga tez moslashadigan, yangilik va raqobatdan qoʻrqmaydigan, muhimi, odamlarni ishli qilib, daromadini koʻpaytirishda eng faol soha ham bu – kichik biznes.
Shu bois, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash bundan keyin ham davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi», dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring