Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanidagi intensiv bogʻda sarxil mevalar hosilini koʻzdan kechirdi
“Meridian Tempo” korxonasiga qarashli ushbu 54 gektar bogʻda gilos, olma, nok va malinaning eksportbop navlari ekilgan. Koʻchatlar Fransiya va Ispaniyadan keltirilgan. Daraxtlar oʻzini oʻzi changlatish xususiyatiga ega. Bu hosildorlik yuqori boʻlishida muhim oʻrin tutadi.
Zamonaviy agrotexnologik tizimlar orqali bogʻda toʻliq tomchilatib sugʻorish joriy etilgan. Avval suv maxsus havzada toʻplanadi va tabiiy nishablik orqali sugʻoriladi. Bunga energiya sarflanmay, natijada xarajat va mahsulot tannarxi kamayadi. Shuningdek, bogʻda quyosh panellari oʻrnatilgan.
Pishib yetilgan mevalar eksportga yoʻnaltirilmoqda. Bu yil 256 tonna gilos, 500 tonna olma, 480 tonna nok, 30 tonna malina yetishtirishi moʻljallangan. Eng muhimi, bundan keladigan daromad boshqa anʼanaviy oʻsimliklarga nisbatan bir necha barobar yuqori.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga bu usulni ommalashtirish, mevalarni parvarishlash va qadoqlash boʻyicha chet el tajribasini joriy etish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring