Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-sentyabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi Chen Vensin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Delegatsiya rahbari Chen Vensin davlatimiz rahbariga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi doʻstlik va barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada qabul qilingan qarorlar asosida rivojlantirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, narkotrafik kabi xavfsizlikka tahdid solayotgan anʼanaviy va yangi xatarlarga qarshi kurashda amaliy hamkorlikni kengaytirish va saʼy-harakatlarni samarali muvofiqlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu kunlarda boʻlib oʻtgan Huquqni muhofaza qilish faoliyati va xavfsizlik sohasidagi Oʻzbekiston-Xitoy hamkorlik mexanizmining birinchi yigʻilishi natijalari yuqori baholandi.
Shuningdek, mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring