Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi prezident farmoni eʼlon qilindi.
Mamlakat Qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chogʻida mardlik, jasorat va fidoyilik koʻrsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi koʻp yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi:
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan
- Mansurov Baxtiyar Muminovich — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi
I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan
- Bobojonov Poʻlat Razzaqovich — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri
“Mardlik” ordeni bilan
Alikariyev Murodilla Saydullayevich - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari
Xushbaqov Mirsharof Nuraliyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi
Sharipov Ismoil Maxamadzkirovich - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi boshligʻi
“Doʻstlik” ordeni bilan
Islamov Baxtiyar Djaxangirovich - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi
Lim Mixail Aleksandrovich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy safarbarlik boʻlimi muhim topshiriqlar boʻyicha inspektori
Mavlonov Akmalxuja Yusupovich - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi
“Jasorat” medali bilan
Alimbayev Marat Tolipjonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad katta yoʻriqchi-qutqaruvchisi
Alimov Sherzod Raxmatullayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad katta usta-qutqaruvchisi
Atanayev Yodgorbek Omatjonovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh serjanti yordamchisi
Zikirov Jamoliddin Toxirjonovich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi otryad komandirining oʻrinbosari
Mirzamatov Husniddin Tulanboyevich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaz katta yoʻriqchisi
Moʻminov Xurshid Toshmurotovich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
Nurboyev Iskandar Muxidinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
Primov Elbek Uktamovich (marhum) - Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani ichki ishlar boʻlimi yoʻl-patrul xizmati katta inspektori
Tairov Ruslan Karimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand viloyati boʻyicha portlash xavfi boʻlgan predmetlarni zararsizlantirish maxsus otryadi bosh mutaxassisi
Turdibekova Sitora Shavkat qizi - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport boʻlimi yoʻriqchi-sportchisi
Xabibullayev Hikmatillo Hamidullo oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi
Shonusratov Xasan Shotuygʻunovich - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad komandiri
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Abdigapirov Abdimutal Abdikarimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kafedra professori
Abdullayev Iskandar Abdulboqiyevich - Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi boʻlim boshligʻi
Abdurahmonov Yaxyo Abdugʻaniyevich - Yunusobod tumani prokurori
Aytniyazov Paraxat - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi raisi
Goncharov Aleksey Sergeyevich -Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kinologiya boʻlinmasi kichik inspektor-kinologi
Gofurov Abdumannob Abdullajonovich -Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
Gulyamov Eldar Istamovich - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti batalyon komandiri
Dushayev Anvarjon Xudoyberdiyevich - Sirdaryo viloyati Xovos tumani ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori
Ibragimov Ismatjon Nigmatjonovich - Samarqand shahar boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi
Muxammadiyev Nuʼmon Usmonovich - Toshkent shahar Adliya boshqarmasi boshligʻi
Nasirov Djumabay Djurabayevich - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi “Shon-sharaf” muzeyi boʻlim bosh mutaxassisi
Nezametdinova Dildora Abdumalikovna - Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona posti katta inspektori
Norqabilov Xudoyberdi Rabbimovich - Navoiy shahar prokurori
Parpiyeva Gulnora Axatovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
Rahimov Nodirbek Muyidinovich - Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi
Rustamov Jasurbek Ilxomovich - Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – tergov boʻlimi boshligʻi
Fazilov Jaxangirjon Tulqinovich - Fargʻona viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi
Xudoyqulov Zokir Normurodovich - Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining raisi
Ergashev Ilxom Abdumutalifovich - Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligʻi
Eshanjanov Saydulloxon Nizomovich - Namangan viloyati Davlatobod tumani ichki ishlar boʻlimi patrul-post xizmati otryadi boʻlinma komandiri
Yusupov Saʼdullo Nasrulloyevich - Samarqand viloyati prokuraturasi boʻlim katta prokurori
“Sogʻlom turmush” medali bilan
Yusupov Umarbek Xudayberganovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Tibbiyot boshqarmasi boshligʻi
“Shuhrat” medali bilan
Agzamxodjayev Iskandar Yalkinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshligʻining birinchi oʻrinbosari
Davidova Regina Levonovna - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi
Karimov Gʻolib Toliboyevich - Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani ichki ishlar boshqarmasi profilaktika katta inspektori
Qodirov Sirojiddin Nadirxanovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi boʻlinma komandiri
Qurbonov Quvondiq Karimovich - Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani ichki ishlar boʻlimi katta tezkor vakili
Mamatov Gayratjon Tuxtamurodovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
Maxmudov Alisher Abdusalimovich - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi
Ruzimurodov Voxidjon Asatullayevich - Navoiy viloyati Navbahor tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi
Uskenbayev Timur Aristanbekovich - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otryad katta usta-qutqaruvchisi
Xusanov Yusubjon Tuxtasinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash boshqarmasi qoʻriqlash boʻlimi safdor xodimi
Husenov Jaloliddin Farxodovich - Buxoro viloyati maʼmuriy sudining sudyasi
Choʻlliyev Jobir Avliyoqulovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh komandiri
Sherbekov Xurshid Tashpulatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash boshqarmasi qoʻriqlash boʻlimi safdor xodimi
Ergasheva Barno Shokirjanovna - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani boʻlimi davlat ijrochisi
Yusupov Ulugbek Mirtalibovich - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring