Shavkat Mirziyoyev Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini koʻzdan kechirdi

Davlatimiz rahbari 2022-yil avgustda ushbu shaharcha poydevoriga tamal toshi qoʻygan edi. Oʻtgan yillarda muhandislik tarmoqlari tortilib, 1 ming 773 ta xonadonli 72 ta koʻp qavatli uy foydalanishga topshirilgan. Bu yil mingta xonadonli yana 28 ta turar joy qurilishi rejalashtirilgan. Bu yerda jami 5 mingdan ortiq xonadon boʻladi.
Shaharcha Urganch xalqaro aeroporti yaqinida, 130 gektardan ziyod hududda bunyod etilmoqda. Samolyotdan tushgan mehmonlarning koʻz oʻngida avvalo mana shu goʻzal maskan namoyon boʻladi. Shaharcha markazida Xorazmiy bobomizning muazzam haykali oʻrnatiladi.
Prezidentimizga mazkur haykal loyihasi taqdimot qilindi.
Haykal shaharchada barpo etilayotgan 20 gektarlik bogʻning kirish qismida oʻrnatiladi. Uning balandligi 22 metr, poydevori bilan birga 30 metrdan ziyod boʻladi.
Mutasaddilarga monumentni ham bunyodkorlik, ham maʼno jihatidan takomillashtirish, shaharchada yashillikni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Kecha Prezidentimiz Al-Xorazmiy universiteti va ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish boʻyicha qaror imzoladi. Bu universitetda 3 ta: matematika va informatika, aerokosmik texnologiyalar muhandisligi hamda sunʼiy intellekt fakultetlari boʻladi. Oʻquv jarayonlari “Yangi Oʻzbekiston” universitetining tajribasi asosida, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Qabulni 2025-2026 oʻquv yilidan boshlash rejalashtirilgan. Jami talabalar soni 4-6 ming atrofida boʻlishi koʻzda tutilgan.
Shaharcha hududida Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy maktabining filiali ham tashkil etiladi. Unga 4-sinf bitiruvchilari tanlab olinadi. Taʼlimning yakunlovchi 2-yili muhandislikka boshlangʻich tayyorgarlikka qaratiladi.
Shuningdek, Al-Xorazmiy shaharchasida texnopark va ofislar, tibbiyot va madaniyat markazlari, xiyobonlar, maktab va bogʻchalar, sport majmualari, savdo va maishiy binolar boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring