Sharafli kasb egalariga ehtirom
 
                Toshkent viloyati hokimligida bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarga davlat mukofotlarini topshirishga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda viloyatdagi tuman-shahar hokimlari, pedagogika sohasi fidoyilari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi, senator Zoyir Mirzayev soʻzga chiqib, keyingi yillarda taʼlim tizimi va oʻqituvchilarga qaratilayotgan eʼtibor, ularning sharafli, oʻz navbatida, masʼuliyatli vazifasida erishilayotgan yutuqlar toʻgʻrisida fikr bildirdi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq bir guruh soha xodimlari faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan edi. Ular orasida Toshkent viloyatida yashab, mehnat qilayotgan fidoyi muallimlar ham bor. Tadbirda ularga davlat mukofotlari topshirildi.

— Maktabdagi oʻqituvchilarim mening qahramonim boʻlgan, — deydi “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan Angren shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika fani oʻqituvchisi Zulxumor Omonova. — Ayniqsa, fransuz tilidan bizga dars bergan ustozimga juda havas qilardim. Mana, bolalikdagi orzularimning roʻyobini koʻrib yuribman. Oʻttiz yildan buyon bolalarga saboq berib, oʻqituvchilarimning orzusi haqida ham oʻylab boshladim. Endi bilsam, ularning orzusi Oʻzbekistonning bugungi oʻqituvchilaridagi sharoit, imkoniyat va qulaylikda yangi avlod taʼlim-tarbiyasi bilan shugʻullanish boʻlgan ekan. Oʻqituvchi maqomini Konstitutsiya bilan, alohida qonun bilan mustahkamlab qoʻygan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga oʻqituvchilar nomidan minnatdorlik bildiraman.
Darhaqiqat, keyingi yillarda sohaga qaratilayotgan eʼtibor va tizimda yaratilayotgan sharoit tufayli Toshkent viloyatidagi maktablarda taʼlim sifati yuqoriladi, maktabgacha taʼlim qamrovi oʻsdi, oliy taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayoni yangi bosqichga olib chiqildi. Toshkent viloyati Direktorlar kengashi faoliyati qayta koʻrib chiqilib, tubdan oʻzgardi.
Tadbirda soʻzga chiqqan mukofot egalari mazkur eʼtirof yangi marralar sari ruhlantirib, yangilanayotgan Oʻzbekistonda Uchinchi Uygʻonish poydevorini hozirlash uchun oʻqituvchi va murabbiylarga katta dalda boʻlganini eʼtirof etdi.
Otabek ISROILOV
(“Xalq soʻzi”).
Jonibek OBLAQULOV olgan suratlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring