Shakir Mahmud Bandar: “IHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida saylov qonunchiligi va yangiliklariga bagʻishlangan forum oʻtkazmoqchimiz”
Xabar qilinganidek, yurtimizda Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) kuzatuvchilar missiyasi oʻz faoliyatini boshladi.
IHT Saylovlarini kuzatish boʻyicha guruhi rahbari Shakir Mahmud Bandar Oʻzbekistonda saylov jarayonlari va kelgusidagi rejalari haqida fikr bildirdi.
«Bizning boʻlinmamiz Islom hamkorlik tashkilotida yaqinda ochildi. Ushbu boʻlinma tashkilotga aʼzo davlatlarning saylovlarni oʻtkazadigan tuzilmalari bilan hamkorlikda ishlash va saylovlarni kuzatish uchun taʼsis qilindi. Boʻlinmamizda 35 nafar xodim faoliyat yuritadi va boʻlinmamiz nomidan bir taklif bilan keldim. Yaʼni IHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida saylov qonunchiligi va yangiliklariga bagʻishlangan forum oʻtkazmoqchimiz. Ushbu forumni kelasi yilga rejalashtirganmiz. Unda 75 ta aʼzo tashkilotlardan tashqari, xalqaro tuzilmalarning vakillari ham ishtirok etadi. Ishonchimiz komilki, kelasi yil Tunis shahrida boʻladigan ushbu forum saylov mavzuidagi eng katta forum boʻladi va unda Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasini koʻrishdan juda mamnun boʻlamiz» — dedi ekspert.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring