Shayxontohurdagi ikki qavatli binoda yongʻin sodir boʻldi (+video)

15:40 26 Noyabr 2025 Jamiyat
539 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumanida joylashgan binoda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, bugun, 26-noyabr soat 14:54 da 112 tizimi orqali Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Istirohat koʻchasida joylashgan ikki qavatli binoda yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida shahar FVBBga murojaat kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan 4 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari soat 15:03 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 15:09 da oʻrab olingan va soat 15:15 da toʻliq bartaraf etilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida binoning taxminan 100 kv.m. maydonda tom va ichki qismi yonib, zararlangan. Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yongʻinda tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?