Shahrixonliklar islohotlardan mamnun

Saminjon HUSANOV/”Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbarining “2024-yilda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyatida 109 mlrd 300 mln soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Maqsadli loyihalar natijasida hududlardagi uzoq yillik muammolar ijobiy yechim topib, aholi uchun qulay sharoitlar yaratildi. Bu kabi oʻzgarishlardan shahrixonliklar ham mamnun, albatta.
— Kuz-qish mavsumi yaqinlashgani sari elektr energiyasi taʼminotiga doir muammolarimiz ortaverardi, — deydi tumandagi Xoʻjaobod MFYning Bahor koʻchasida yashovchi Shuhratbek Ahmadjonov. — Ayniqsa, nosozlik yuzaga kelgan paytlari kun davomida taʼminotsiz qolgan paytlarimiz koʻp boʻlgan. Joriy yilda mahallamizdagi transformator taʼmirlanib, 1,2 km havo tarmogʻi sip kabellarga almashtirilishi natijasida muammoga yechim topildi. Natijada 100 ta xonadonda taʼminot sifati yaxshilandi.
Shuningdek, 1 mlrd 837 mln soʻm mablagʻ hisobiga “Shahrixon” koʻchasidagi mavjud suv qudugʻi rekonstruksiya qilinib, qoʻshimcha yangi suv qudugʻi ishga tushirilishi orqali 400 ta xonadonning “obi hayot”ga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirildi. Tegirmonboshi, Oq oltin, Mustaqillik hamda Yuzlar mahallalaridagi 8,2 kmdan iborat ichki yoʻllarning asfaltlanishi esa obod manzillar sonini yanada oshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring