Shahlo Turdikulova Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol boʻldi
Biologiya fanlari doktori, taniqli olim va davlat arbobi, professor Shahlo Turdikulova Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti etib tayinlandi. U Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80-yillik tarixida bu lavozimni egallagan birinchi ayol boʻldi. Sh. Turdikulova, shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi direktori hamdir.
Profyessor Turdikulova 78 ta ilmiy maqola, shulardan 42 tasi xorijda nashr etilgan, 3 ta kitob va monografiyalar muallifi. Web of Science maʼlumotlariga koʻra, Hirsh indeksi 14, iqtiboslar statistikasi 1810, Oʻzbekistonda nashrlar boʻyicha eng yuqori umumiy taʼsir faktoriga ega – 481,28, Nature jurnalida uchta maqolasi chop etilgan mamlakatimizdagi yagona olim. Prof. Turdikulova Ilgʻor texnologiyalar markazida inson genetikasi va biotexnologiyasi ilmiy maktabining asoschisi hisoblanadi. Olima mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga katta hissa qoʻshgan.
— Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritish men uchun katta sharafdir. Ilm-fan ilmiy-tadqiqot institutlari laboratoriyalaridan chiqib, innovatsiyalarga xizmat qiladi, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga va barqaror jamiyat qurishga yordam beradi. Bugungi kunda Fanlar akademiyasi kuchli ilmiy salohiyatga ega, va bu maskanda ish boshlayotganimdan mamnunman, — dedi Sh. Turdikulova.
Shahlo Turdikulova doktorlik dissertatsiyasi doirasida Kaliforniya universitetining Membrana biologiyasi laboratoriyasida 2005-yilda biologiya boʻyicha Nobel mukofotiga nomzodi koʻrsatilgan taniqli olim Jorj Saks bilan bir jamoada tadqiqot olib borgan. U oshqozon proton pompasining faoliyatining yangi nazariyasini kashf etgan.
Profyessor Turdikulova Markaziy Osiyoda yashovchi aholining populyatsiya genetikasi boʻyicha keng koʻlamli fundamental tadqiqotlar olib borgan. National Geographic tomonidan muvofiqlashtiriladigan “Genographic” xalqaro konsorsiumi tarkibida Markaziy Osiyo xalqlarining kelib chiqishi Yevrosiyo populyatsiyalari bilan genetik aloqalari oʻrganildi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida eʼlon qilindi, va ilk bora zamonaviy odamlar 75 000-yil avval Afrikadan paydo boʻlganini koʻrsatadigan genetik hodisa aniqlandi. Koʻp yillik mehnatlar natijasida dunyo aholisining genetik xaritasidagi ilgari mavjud boʻlgan Markaziy Osiyo genetikasining “boʻsh joyi” toʻldirildi. Amalga oshirilgan fundamental tadqiqotlar mintaqamizda keng tarqalgan kasalliklar, jumladan, yangi tugʻilgan chaqaloqlarning genetik patologiyalari genetikasi boʻyicha amaliy tadqiqotlar olib borishga asos boʻldi. Natijalar yangi tugʻilgan chaqaloqlarni neonatal skrining uchun test toʻplamlariga kiritildi, genetik testlar tibbiyot muassasalarida, shuningdek, inson genetik pasportini yaratishda faol qoʻllaniladi.
Sh. Turdikulova rahbarligida SARS-CoV-2 virusini aniqlash boʻyicha mamlakatimizda birinchi boʻlib PSR test tizimi yaratildi, testlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi, mamlakatimiz laboratoriyalarining ehtiyojlari toʻliq qondirildi. Shuningdek, xitoylik hamkorlar bilan birgalikda professor Turdikulova boshchiligida rekombinant vaksinaning klinik sinovlari oʻtkazildi, ZF-UZVac-2001 nomi bilan vaksina roʻyxatdan oʻtkazildi, aynan shu vaksina bilan Oʻzbekiston aholisining 66 foizi emlangan edi.
2020-yildan Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari, 2023-yildan esa Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan. Ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun 2018-yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring