Sentyabr oyida “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish orqali 111 mlrd.dan ortiq zarar yetkazilgan

13:02 04 Oktyabr 2023 Iqtisodiyot
1187 0

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda sentyabr oyida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 911 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Bunda 94 mln 533 ming metr kub tabiiy gaz (91 mlrd 57 mln soʻm) va 42 mln 961 ming kVt⋅soat elektr energiyasi (20 mlrd 371 mln soʻm) talon-toroj qilinishi natijasida tizimga keltirilgan jami 111 mlrd 428 mln soʻm zarar undirishga qaratildi.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng koʻpi — Samarqand, Fargʻona va Toshkent viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Maʼlumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 472 ming 665 ta xonadonning, elektr energiyasi esa 214 ming 805 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер