Senatorlar soliq va byudjetga oid qonunni takomillashtirish maqsadga muvofiq deb hisobladi
Yalpi majlisda “Soliq va byudjet qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun koʻrib chiqildi.
Qayd etilganidek, mamlakatimizda soliq va byudjet qonunchiligini takomillashtirish, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini soddalashtirish va soliq maʼmuriyatchiligining yangi hamda samarali vositalarini joriy etish yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlariga soliq yukini kamaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Qonun bilan Byudjet kodeksiga navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini va Byudjetnomani parlamentga kiritish muddati belgilanishini, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi axborot rasmiy veb-saytlarga, “Ochiq byudjet” axborot portaliga joylashtirilishini nazarda tutadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, Soliq kodeksiga byudjet tashkilotlariga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan soliq undirish tartibini, ijaraga beruvchi yoki ijaraga oluvchi tomonidan yer soligʻini toʻlash tartibini, shuningdek, ayrim sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun soliq imtiyozlari berishni va boshqa masalalarni kiritish ham nazarda tutilgan.

Biroq mazkur Qonunda qayta koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan ayrim masalalar mavjudligi senatorlar tomonidan alohida taʼkidlab oʻtildi.
Jumladan, begʻaraz yordam doirasida kelgan tibbiy asbob-uskunalardan pulli xizmatlar koʻrsatish masalasini qayta koʻrib chiqish lozimligiga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, Davlat byudjetini parlament tomonidan qabul qilish va maʼqullashning qatʼiy muddatlarini belgilash ham zarurligi taʼkidlandi.

Muhokama mobaynida ayrim qonun normalarini soʻnggi qabul qilingan qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqish hamda takomiliga yetkazish zarurati borligi ham qayd etildi.
Shularni inobatga olib, qonunni qayta koʻrib chiqish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Senat qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring